Alisher Usmonovning advokatlari musodara qilingan aktivlarini qaytarishga harakat qilyapti

Milliarder Usmonovning advokatlari bir nechta villalar musodarasi bo’yicha Italiya sudiga murojaat qildi

Italiyaning “Corriere della Sera” gazetasi o‘n nafar rossiyalik oligarxlar Italiyadagi muzlatilgan aktivlarini qaytarishni talab qilib, Latsio viloyati ma’muriy sudiga murojaat qilishgani haqida xabar qilyapti.

Italiyada rossiyalik oligarxlarning umumiy qiymati qariyb 2,7 milliard yevroga teng mol-mulklari hibsga olingan. Gap villalar, yaxtalar, samolyotlar va kompaniyalar haqida bormoqda. Da’vogarlar orasida asli o’zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov ham bo’lishi ehtimoldan holi emas, deb yozmoqda Italiya nashri.

Da’vogarlarning advokatlari mulk aniq shaxslarga emas, balki ishonchli tashkilotlarga tegishli ekanligini ta’kidlamoqda. Bunday sxema bo’yicha benefitsiar(mulkka egalik qiluvchi shaxs)larni kuzatish qiyin.

Misol uchun, Usmonov bir nechta villalarga ega bo’lgan “Pauillac” fondi bilan aloqada bo’lgan. Uning qonuniy himoyachilari esa milliarder tashkilotni nazorat qilmasligini ta’kidlashmoqda. Shu bilan birga, “Pauillac” yuzlab mahalliy aholini ish bilan ta’minlash orqali Italiya iqtisodiyotiga katta hissa qo’shgan.

Aktivlarning muzlatilishiga ushbu shaxslarning Rossiya-Ukraina mojarosi tufayli Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga tushgani sabab bo’lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Usmonov Yevropa Ittifoqining unga nisbatan qo’llagan sanksiyalariga qarshi kurashish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *