“Pepsi” 15 yillik tanaffusdan so’ng logotipini yangiladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
“Pepsi” yangi logotipini namoyish etdi
Pepsi 15 yil ichida birinchi marta o‘z logotipini yangiladi, deb xabar bermoqda CNN Business. PepsiCo’ dizayneri Mauro Porchinining so’zlariga ko’ra, ular brendning “ishonchliligi va energiyasi”ni oshirish maqsadida savdo belgisini qayta ko’rib chiqishga qaror qilishgan.
Shunga qaramay, dizaynerlar katta o’zgartirishlardan tiyilgan, chunki, bu mijozlarni g’azablantirishi mumkin.
Pepsi ichimligi 125 yildan beri mavjud bo’lib, o’z logotipini tez-tez yangilab turishi bilan mashhur. Kompaniyaning joriy vizual identifikatsiyasi 2008-yilda taqdim etilgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, yangi logotip AQSh va Kanadada joriy yilning kuzidayoq, boshqa mamlakatlarda esa kelgusi yildan qo’llanila boshlaydi.
Endi logotipda “PEPSI” so’zi qalin-kursiv harflarda yozilgan bo’lib, u doira markazidagi to’lqinli oq chiziq bo’ylab joylashadi. Kompaniya vakillarining fikricha, bu yanada zamonaviylikni anglatuvchi boshqacha shrift, rang hamda musiqiy chegarada namoyon bo’lgan.
Brend nomi 20-asrning ikkinchi yarmidagi variantiga juda o’xshash, ammo avvalgisi qizil va ko’k ranglarning xiraroq soyalarini o’zida aks ettirgandi.