O’zbekiston hamda xorij supermarketlariga sayohat

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
O’zbekistondan tortib Ukraina supermarketlarigacha qanday o’ziga xoslikni ko’rishingiz mumkin?
EastFruit’ tahlilchilari Ukraina, Gruziya, Moldova, Tojikiston va O‘zbekistondagi supermarketlarning meva-sabzavot bo‘limlarida anʼanaviy audit o‘tkazishibdi. Eʼlon qilingan fotoreportajda noodatiy sabzavot va mevalar, mahsulotlarning original reklamasi, kreativ qadoqlar, tovarlarning did bilan joylashtirilishi taqqoslangan.
Ukrainada, urush bo‘layotganiga qaramay, ushbu mamlakat supermarketlari meva-sabzavotlar mo‘l-ko‘lligini saqlab qolgan. Dnepr va Kiyev supermarketlarida sabzavot va mevalar juda chiroyli joylashtirilgani, xilma-xillik va ekzotikani ko‘rish mumkin.
Ukraina supermarketlari peshtaxtalaridan ekzotik sabzavotlar, mevalar, Angus noki, tarvuzlar va qovun ham joy olgan.
Shu bilan birga, Ukraina supermarketlarida kartoshkaning hayratlanarli darajadagi past narxlarini ko‘rish mumkin.
Dushanbeda siyaalaf sotuvga chiqdi, uning chakana narxi 13 somoniy, shahardagi bozorlarda esa 10 somoniyga sotilmoqda.
Tbilisi (Gruziya)da Carrefour supermarketi isteʼmolchilarga avokadoning pishib yetilish bosqichlari haqida maʼlumot taqdim etgan.
Moldovada mart oyida meva-sabzavotlar assortimenti yuqori — Braziliyadan import qilingan tarvuzlar, ekzotik xilma-xillik shular jumlasidandir.
Toshkent shahri supermarketlari peshtaxtalarida papayya, mangustin va Tay longani kabi ekzotik mevalar ham sotilmoqda. Aytgancha, papayya O‘zbekistonda ham — issiqxonalarda yetishtiriladi.
Qizig‘i shundaki, O‘zbekistondagi baʼzi supermarketlarda banan savdosiga cheklovlar o‘rnatilganiga guvoh bo‘ldik, yaʼni, bir kishiga 4 kg dan ortiq bo‘lmagan hajmda.
O‘zbekiston poytaxtidagi supermarketlar peshtaxtalarida, shuningdek, turli xil mikrogrinlar ham taqdim etilgan.