Ilon Mask va minglab ekspertlar sun’iy intellektni rivojlantirishdan to‘xtashga chaqirdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
“Tesla” rahbari Ilon Mask va “Apple” asoschisi Stiv Voznyak sun’iy intellektni mukammallashtirish insoniyat hayotini xavf ostiga qo’yishidan ogohlantirmoqda
Tesla’ va SpaceX’ bosh direktori Ilon Mask, Apple’ asoschisi Stiv Voznyak va mingdan ortiq ekspertlar ilg‘or sun’iy intellekt (AI) labaratoriyalari faoliyatini to’xtatishga chaqiruvchi ochiq xatni imzoladilar. Maktub matni “Future of Life” tashkiloti saytida e’lon qilindi.
Maktub mualliflari sun’iy intellekt ishlab chiquvchilarini OpenAI’ kompaniyasining GPT-4 chatidan kuchliroq tizimlarni rivojlantirish borasidagi ishlarini kamida 6 oyga to‘xtatishga chaqirishdi. Maktubni imzolagan ekspertlar umumiy xavfsizlik protokollari o‘rnatilgunga qadar ishlab chiqish jarayonlari to‘xtatilishi kerak, deb hisoblamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, agar ushbu jarayonni tezda to‘xtatib bo‘lmasa, rasmiylar “aralashib, moratoriy qo‘yishlari kerak”.
Maktub mualliflarining fikricha, hatto “qudratli raqamli ong” ni yaratuvchilar ham ularni boshqara olmay qoladi va zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari odamlar bilan raqobatlasha boshlaydi.
“Nima uchun biz barcha vazifalarimizni avtomatlashtirishimiz kerak? Oxir-oqibatda bizdan har sohada o’zib ketadigan, bizni aldaydigan noinsoniy ongni rivojlantirishimiz kerakmi? Ular oxir-oqibatda son jihatdan bizdan o‘zib ketishi va insoniyatga xavf tug’dirishi mumkin. Biz sivilizatsiya ustidan nazoratni yo‘qotishimiz hech gap emas”, – deyiladi maktubda.
Reuters xabariga ko’ra, OpenAI’ bosh direktori Sem Altman hozircha ushbu xatni imzolamagan.
Eslatib o’tamiz, avvalroq “Goldman Sachs” sun’iy intellekt dunyo bo’ylab iqtisodi rivojlangan mamlakatlardagi 300 mln kishining ishsizligiga sababchi bo’lishi haqida hisobotini e’lon qilgandi.
One Reply to “Ilon Mask va minglab ekspertlar sun’iy intellektni rivojlantirishdan to‘xtashga chaqirdi”