O’zbekistonda aprel oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

O’zbekistonda aprel oyida qanday ob-havo kutilmoqda?

Aprel oyida yog’ingarchilik kam, ba’zi hududlardagina me’yorida bo’lishi kutilmoqda. Bu haqda “O’zgidromet” xabar beryapti.

2023-yil aprel oyida o’rtacha havo harorati kuzatiladi, ba’zi joylarda o‘rtacha yillik qiymatlaridan biroz yuqori bo’lishi mumkin.

Oy quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi. 1-aprel kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida havo kam bulutli bo’ladi, kunduzgi harorat mart oyining oxirgi kunlari kabi 22—27 daraja atrofida, ya’ni me’yoridan 5—8 darajagacha oshadi.

2—7-aprel kunlari respublika bo’yicha beqaror ob-havo bo’lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol shiddatli kuchayishi bilan qisqa muddatli, momaqaldiroqli yomg’ir yog’adi.

Ko’pincha bahorda bo’lgani kabi, yomg’irning hudud bo‘yicha tarqalishi va jadalligi juda rang-barang — yomg’irning jadalligi birozdan o’rtachagacha bo’ladi. Kunduzgi havo harorati yomg‘ir paytida 5—7 darajagacha pasayadi. Aprel oyining birinchi o’n kunligi oxirida asosan yog’ingarchiliksiz ob-havo bo’lishi kutilmoqda va havo harorati sekin-asta ko’tarila boshlaydi.

“O’zgidromet”ning dastlabki prognoziga ko’ra, aprel oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari 7-12 darajadan 12—17 darajagacha, kunduz kunlari 20—25 darajadan 27—32 darajagacha o’zgarib turadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan