Ukrainaliklar O‘zbekistonda dori ishlab chiqaradi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med Farm”ni sotib oldi
Ukrainaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Yuriya-Farm” O‘zbekistondagi “Reka-Med” farmatsevtika kompaniyasini Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) maqsadli krediti hisobidan 10 million yevroga sotib oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Kompaniyaga O‘zbekiston bozori uchun mahalliy farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish Ukrainadagi mavjud quvvatining qariyb 10 foizini ichki bozor uchun muhim mahsulotlar tayyorlashga yo’naltirish imkonini beradi”, – deyiladi YTTB ning press-relizida.
Qayd etilishicha, o‘zbek kompaniyasining sotib olinishi Ukraina eksportiga zarba bergan Rossiya bosqiniga yaxshigina strategik javobdir.
“Shu bilan birga, ushbu kelishuv Ukraina va O’zbekistonda dori vositalarining mavjudligi va arzonligini ta’minlaydi. Shuningdek, “Yuriya-farm”ning rentabelligini oshiradi hamda ishlab chiqarishni Ukrainadan tashqariga joylashtirish orqali unga to’sqinlik qiluvchi omillarni kamaytiradi”, – deydi YTTBning Sharqiy Yevropa va Kavkaz bo’yicha boshqaruvchi direktori Matteo Patrone.
Bankirning xulosasicha, chet el davlat aktivlarini sotib olish va xalqaro darajaga chiqish “Yuriya-Pharm”ning raqobatbardoshligini oshiradi.
Ma’lumot o’rnida, hozirda YTTB Ukrainadagi eng yirik institutsional investor hisoblanadi. Bank 2022-2023-yillarda Ukraina iqtisodiyotining real sektoriga kamida 3 milliard yevro sarmoya kiritishga va’da bergan.
“Yuriya-farm” Ukrainadagi eng yaxshi beshta farm sanoat ishlab chiqaruvchilaridan biri bo’lib, o’z mahsulotlarini 40 dan ortiq mamlakatlarga eksport qiladi.
2021-yilda kompaniyaning sof foydasi 30,2 foizga oshib, 883,5 million grivnaga, daromadi esa 36,1 foizga o‘sib, 4 milliard 562,9 million grivnaga yetgan.