“Yandeks” kompaniyasi sug’urtalash amaliyotini joriy etadi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
“Yandeks” kompaniyasi yo’lovchilar va haydovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sug’urtalash amaliyotini joriy etadi
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Yandeks” kompaniyasi vakillari qo‘mita tomonidan ilgari surilgan tashabbuslardan biri – yo‘lovchilar va haydovchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida ularni sug‘urtalash amaliyoti 2023-yilning 1-aprelidan joriy etilishi to‘g‘risida maʼlum qildi.
Uchrashuv davomida raqobat muhitini to‘laqonli tahlil qilish uchun kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati haqida tegishli maʼlumotlar olindi va qo‘mitaga qo‘shimcha ravishda isteʼmolchilar huquqlariga hamda “Yandeks” va “Uber” platformalari birlashishiga oid maʼlumotlarni taqdim etilishi bo‘yicha kelishib olindi.
Hozirda bozordagi raqobat holati haqida to‘liq xulosa berish maqsadida mazkur raqamli informatsion xizmatlarni taqdim etuvchi boshqa ishtirokchilar faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda.