“EkoNiva” qishloq xoʻjaligi xoldingi Oʻzbekistonga sut mahsulotlari yetkazib berishni boshladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Rossiyaning “EkoNiva” kompaniyasi O‘zbekistonga sut va bir necha turdagi yog‘ mahsulotlarini yetkazib beryapti
Rossiyaning “EkoNiva” qishloq xoʻjaligi xoldingi Oʻzbekistonga xuddi shu brenddagi sut mahsulotlarini yetkazib berishni boshladi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
“O‘zbekistonda zamonaviy chakana savdo segmenti jadal rivojlanmoqda. Bu esa turli iste’mol tovarlari, jumladan, sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun bozorning jozibadorligini oshiradi. Mahalliy iste’molchilar orasida brendimiz yaxshiroq tanilgach, ta’minot turlarini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz”, – deydi “EkoNiva Foods”ning savdo bo’yicha direktori Denis Ishmayev.
Mahsulotlarni yetkazib beruvchi yirik distribyutor “Balton Trading “(Osiyo) kompaniyasi O’zbekistondagi hamkor hisoblanadi. “EkoNiva” qishloq xo‘jaligi xoldingi yaqin orada ultrapasterizatsiyalangan sut va bir necha turdagi yog‘ mahsulotlarini ham sota boshlaydi.
Qishloq xo‘jaligi xoldingi sut mahsulotlaridan tashqari, O‘zbekistonga urug‘lik, jumladan, kuzgi bug‘doy va saralangan soya urug’larini yetkazib berishni mo’ljallayapti.
Ma’lumot o’rnida, 1994-yilda “EkoNiva” nemis tadbirkori Stefan Duer tomonidan asos solingan. Qishloq xoʻjaligi xoldingining bosh kompaniyasi “Ekosem-Agrar” (Germaniya) hisoblanadi.
2020-yil oxirida “EkoNiva” daromadi 38,3 milliard rublni, sof foydasi esa 2,6 milliard rublni tashkil qilgan.