Italiyada ChatGPT’ chat-botidan foydalanish taqiqlandi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Italiyada sun’iy intelllekt ChatGPT’ qonunni buzgani uchun vaqtinchalik bloklandi
Italiya ma’lumotlarini himoya qilish idorasi maxfiylikni buzayotganligi sababli OpenAI’ning ChatGPT chat-botidan foydalanishni vaqtinchalik cheklashni buyurdi, deya xabar bermoqda “TACC” nashri.
Regulyatorning qayd etishicha, Amerikaning OpenAI’ kompaniyasi shaxsiy maʼlumotlarga oid qonunchilikni buzgan.
Bundan tashqari, yosh chegarasi “13+” bo’lishiga qaramay, chat-bot foydalanuvchilarning yoshini tekshirmayapti.
OpenAI’ 20 kun ichida ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida hisobot berishi kerak, aks holda kompaniya 20 mln yevrogacha yoki yillik global aylanmaning 4 foizigacha jarimaga tortiladi.
Ungacha Italiya hududida ChatGPT’ orqali ma’lumotlarni qayta ishlash taqiqlanadi.
Avvalroq, Ilon Mask va 1100 dan ortiq tadqiqotchilar, muhandislar va tadbirkorlar sun’iy intellekt laboratoriyalariga GPT-4 dan yaxshiroq ishlaydigan tizimlarini kamida olti oyga to‘xtatishni so‘rab ochiq xat yozishgan edi.
Imzolovchilar orasida “SpaceX”, “Tesla” va “Twitter” kompaniyalari rahbari Ilon Mask, “Apple” hammuassisi Stiv Voznyak, futurolog Yuval Noa Harari, shuningdek, “Microsoft”, “Google”, “Skype” mutaxassislari va bir qancha universitet professorlari bor.
“Kuchli sun’iy intellekt tizimlari faqat ularning ta’siri ijobiy bo‘lishiga va xavflarni boshqarish mumkinligiga ishonchimiz komil bo‘lganda ishlab chiqilishi kerak”, — deyiladi maktubda.