Silikon vodiysida o’tkaziladigan “Hero Training” akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
“Astana Hub” IT startaplari uchun Silikon vodiysida o’tkaziladigan akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda
“Astana Hub” IT startaplari uchun Silikon vodiysida o‘tkaziladigan akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.
Ishtirokchilarni tayyorlashni jadallashtirish dasturi Kaliforniyaning San-Mateo shahridagi Draper universiteti tomonidan tashkil etilgan.
Unda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar — O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon hamda Turkiyaning texnologik startaplari ishtirok etishi mumkin.
Dastur ikki bosqichda amalga oshiriladi:
– Onlayn pre-akseleratsiya;
– Silikon vodiysining o’zida oflayn akseleratsiya.
Eng istiqbolli deb topilgan 80 ta loyiha ikki haftalik “Astana Hub” onlayn dasturida qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.
Unda xalqaro venchur fondlaridan investitsiyalarni jalb qilish, mahsulotni ishlab chiqish va ko’lamini kengaytirish bo‘yicha tushunchalar beriladi.
Keyingi bosqichda esa eng yaxshi 20 ta jamoa Kaliforniyadagi “Hero Training”ga taklif qilinadi.
Akselerator 5 hafta davom etadi va startaplar ham AQSh bozoriga kirishi uchun 6 oy davomida turar joy va ish bilan ta’minlanadi.
Draper innovatsion ekotizimining a’zolari finalchi startaplarga investitsiyalarni jalb qilish va chet el bozorlarida mahsulot chiqarishga yordam beradi.
Shuningdek, ishtirokchilar “My Ventures” venchur fondidan 30 ming AQSh dollaridan boshlab sarmoyalar jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Uning tarkibiga tajribali tadbirkorlar, ekspertlar, korporativ hamkorlar va investorlar kiradi.
Dasturda ishtirok etishni xohlovchi startaplar 7-aprelgacha quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni esa bu yerdan olishlari mumkin.