Toshkentda ikkinchi xalqaro investitsiya forumi o‘tkaziladi

Toshkentda o’tkazilayotgan ikkinchi xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun 20-aprelgacha ro‘yxatdan o‘tish kerak

Toshkentda ikkinchi xalqaro investitsiya forumi o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining matbuot xizmati.

Unga ko‘ra forum joriy yilning 27−28-aprel kunlari “Congress Hall Tashkent City”da o‘tkaziladi.

Forumda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyatini ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning 30 dan ortiq bahs-munozaralari, panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda ishtirok etish uchun 20-aprelgacha havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

2022-yili o‘tkazilgan birinchi forum yakunlari bo‘yicha 7,8 mlrd dollarlik shartnoma va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolangandi.

Shuningdek, qiymati 3,5 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan