Sun’iy intellekt ob-havo prognozlarini baholashda yordam beradi

Ob-havo va iqlimga oid ma’lumotlar bilan ishlaydigan birinchi sun’iy intellekt ishga tushirildi

“Tomorrow.io” internet portali ob-havo va iqlim prognozlariga bag’ishlangan, ob-havo va iqlimni tahlil qilish uchun mo’ljallangan generativ sun’iy intellektni (SI) ishga tushirdi.

Loyiha mualliflarining fikriga ko’ra, u ob-havo va iqlimga bag’ishlangan birinchi sun’iy intellekt hisoblanadi. “Gale” deb nomlangan interaktiv mahsulot – loyihaning bir qismidir.

“Gale” yordamida foydalanuvchilar “Tumorrow” platformasi taqdim etadigan ko’plab iqlim va ob-havo ma’lumotlarini ixcham, vizual jihatdan jozibali va iqlim hodisalarining kasbiy sohaga integratsiya qilingan qulay prognoz format ko’rinishiga keltirishlari mumkin.

Meteorologik sferada sun’iy intellektning paydo bo’lishi mijozlarga ob-havo ma’lumotlarini o’zlari xohlagan formatda taqdim etish davri boshlanayotganini anglatadi.

Foydalanuvchilar “Tomorrow.io” platformasidagi 40 dan ortiq ob-havo parametrlari vizializatsiyasidan iborat har qanday individual kirish to’plamini tanlash imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Sun’iy intellekt turli iqlim modellarining millionga yaqin ma’lumotlarini tezda tahlil qilish qobiliyati yordamida iqlim o’zgarishiga faol moslashish va chidamlilikni oshirish uchun yanada oqilona qarorlar qabul qilishda muhim burilishni taqdim etishi mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *