Forbes: Dunyoning eng boy odamlari reytingida Ilon Mask “taxt”dan tushdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Forbes’ nashri Alisher Usmonovning boyligi 2,9 mlrd dollarga ko‘payganini ma’lum qildi
Yuqori sifatli va qimmatbaho kiyim-kechak, parfyumeriya, charm mahsulotlari va boshqa aksessuarlari bilan mashhur “Dior” hamda “Louis Vuitton” brendlari egasi Bernard Arno 211 milliard dollarlik boyligi bilan Ilon Maskdan Forbesning milliarderlar ro’yxatidagi o’rnini “tortib oldi”.
Fransiyalik milliarder o‘tgan yili Forbes reytingida Ilon Mask va Jef Bezosdan keyingi uchinchi o’rinda qayd etilgan edi. Nashr hisob-kitoblariga ko’ra, 2023-yilda Arno boyligi 200 mlrd dollardan oshgan yagona tadbirkor bo’lgan. 2022-yildagi yetakchiligini boy bergan Ilon Maskning mablag’i 180 mlrd dollarga baholanmoqda. Ayni paytda ikkinchi o’rinda qayd etilayotgan Maskning boyligi o’tgan yili qariyb 219 mlrd dollarga yetgan edi.
Uchinchi o’rinni Amazon asoschisi Jeff Bezos – 114 mlrd dollarlik boyligi evaziga egalladi.
Reyting natijalariga ko’ra, Uorren Baffet (106 mlrd dollar) beshinchi va “Microsoft” asoschisi Bill Geyts esa (104 mlrd dollar) 6-o’rindan joy olgan.
Ushbu reytingida Alisher Usmonov 122-o‘rinni egallagan. Uning boyligi 14,4 mlrd dollarga baholangan va 2022-yilga nisbatan 2,9 mlrd dollarga ko‘paygani aytilmoqda.
Ma’lumot o’rnida, barcha milliarderlarning boyligi 12,2 trln dollarni tashkil etmoqda. Bu 2022-yilga nisbatan 500 mlrd dollarga kamroq ko’rsatkich hisoblanadi.