Aktivistning “davri keldi” yoxud muddati o’tgan, kontrafakt tovarlar haqida xabar berganlar rag’batlantiriladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
“Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaror qabul qilindi.
Unga ko’ra, iste’molchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Jumladan, etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib o’rnatiladi.
Shuningdek, sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun ham belgilangan ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi.
Shu bilan birga quyidagilardan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda:
– O’zganing tovar belgisidan;
– Xizmat ko‘rsatish belgisidan;
– Geografik ko‘rsatkichidan;
– Tovar kelib chiqqan joy nomidan;
– Adashtirib yuborish darajasida ular bilan o’xshash bo’lgan belgidan yoki firma nomidan foydalanish holatlari.
Belgilangan talablar va shartlarning qo’pol ravishda buzilishi oqibatida litsenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlarga quyidagi ro’yxatda keltirilgan faoliyat turlari bilan shug’ullanishiga cheklovlar belgilanadi:
Mazkur masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.
Qarorga muvofiq, iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o’tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qo’yishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.
Xususan, murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinib, vakolatli organlar tomonidan qisqa muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar rag’batlantiriladi.