London Yevropadagi eng yirik Hayit bayramiga mezbonlik qiladi

Londondagi Hayit bayramiga Yevropaning yirik savdo platformalari homiylik qilmoqchi

London shahri Yevropa mintaqasidagi eng katta Hayit bayramiga mezbonlik qilish niyatida, deya yozadi halalfocus.net. Saylga butun Birlashgan Qirollik bo’ylab 200 mingdan ziyod musulmon kelishi ko’zda tutilgan. Mazkur shodiyona marosimi keluvchilar uchun mutlaqo tekin bo’lib, Londonning Uestfild Skver’ va Uestfild Atriumi’da o’tkazilishi kutilmoqda.

Ikkala maydonda ham oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar savdosi yo’lga qo’yiladi. Umuman olganda, hayitlik ozuqalari va boshqa tovarlari savdosi bilan to’lib toshadigan 4,5 mlrd. funt sterlinglik Ramazon iqtisodiyoti bilan Uestfild 2018-yildan beri shug’ullanib keladi. Yaqin yillar ichida Britaniyada musulmon aholining soni sezilarli darajada ko’payayotgani sababli bu turdagi iventlarning ahamiyati ham oshib bormoqda.

Bayram kuni Algebra Festivals’ hamda EXCel’ singari yirik platformalar halol oziq-ovqatlar festivali hamda musulmonlar uchun foydali Yevropaning eng asosiy brendlari ishtirokida xilma-xil mahsulotlar ko’rgazmasini tashkil qilishi mo’ljallanyapti.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan