O’zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,4 mlrd dollarga yetdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Mart oyida O’zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1,5 mlrd dollarga oshdi
Markaziy bank 1-aprel holatiga O’zbekistonning xalqaro zaxiralariga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
O‘tgan bir oyda mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari 35,4 mlrd dollarga yetdi. Natijada ko’rsatkich fevral oyiga nisbatan 1,4 mlrd dollarga oshgan.
Fevral oyida mamlakat yalpi xalqaro zaxiralari 1,8 mlrd dollarga yoki 5 foizga kamaygandi. Mart oyiga kelib, zaxiralar 2022-yilning dekabr oyiga nisbatan ko’rsatkichini deyarli tikladi.
Mart oyi davomida oltinning fizik hajmi 12,6 mln troyadan 12,3 mln troyaga oshgan. Shuningdek, qiymati bir oyda 1,4 mlrd dollarga oshib, jami 24 mlrd 254 mln dollarni tashkil etgan.
Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valyuta zaxiralari fevral oyiga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz shakllandi — 10,1 mlrd dollar.
Fevral oyida O‘zbekiston Markaziy banki oltinning asosiy xaridorlaridan biriga aylandi. Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, bu davrda mamlakat 8 tonna oltin xaridi bilan regulyatorlar orasida uchinchi o‘rinni egallagan.
Qimmatbaho metal xaridida yetakchilikni Xitoy Xalq banki hamda Turkiya Markaziy banki qayd etdi. Yagona yirik sotuvchi esa Qozog’iston Milliy banki bo’ldi.
Yanvar oyida O‘zbekiston Markaziy banki 12 tonna oltin eksporti bilan jahon markaziy banklari orasida yetakchi bo’lgandi.
Shuningdek, OTB tahlillariga ko’ra, oltin zaxiralarining ko’payishi hisobiga 2023 va 2024-yillarda yalpi valyuta zaxiralari 37 mlrd dollargacha oshishi mumkin.