Iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo’l qo’yilmaydi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Endi chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga ham iste’mol krediti berilishi mumkin
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Iste’mol krediti to’g’risida”gi qonunga o’zgartish kiritildi.
Hujjatga ko’ra, moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) iste’molchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.
Moliyaviy iste’mol krediti berish iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvarag’iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag’lari o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Avvalroq “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasiga o’zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ko’rib chiqilgandi.
Unda qonunga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotiladigan, shuningdek, O’zbekistondan tashqarida ishlab chiqarilgan tovarlar uchun moliyaviy iste’mol kreditlari berish imkoniyatini nazarda tutuvchi o’zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilgan.
Mamlakatda iste’mol kreditlariga talab ortib borayotgani bilan birga qonunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan tovarlarga iste’mol krediti berish cheklangan.
Bu esa aholining o’z hisobidan kredit evaziga xarid qiladigan mahsulotini tanlash imkoniyatini kamaytirishiga hamda iste’molchilar huquq va manfaatlari buzilishiga olib keladi.
2022-yilning sentabr oyida esa “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasi e’lon qilindi.
Unda aynan, iste’mol krediti evaziga xarid qilinayotgan tovarlar va xizmatlar O’zbekistonda ishlab chiqarilgan bo’lishi kerak, degan cheklov olib tashlanishi keltirilgandi.