Yandex Go’ O‘zbekistonda haydovchi va yo’lovchilarni sug’urtalashni boshladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Yandex Go’ sug’urta to’lovi miqdori qariyb 102 mln so’mgacha belgilandi
Yandex Go’ O‘zbekistonda foydalanuvchilar va haydovchilar uchun safar vaqtida hayot va sog’liqni sug’urtalash dasturini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sug’urta to’lovi miqdori 101,8 mln so’mgacha etib belgilangan hamda bu summaga haydovchi va avtomashinadagi har bir yo’lovchi safar davomida sug’urta qilinadi.
“Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi xodimlari bilan bo’lib o’tgan yig’ilishda bu tashabbusni taklif qildik. Qonun doirasida bunga majburiyatimiz yo’q, lekin biz foydalanuvchilar va haydovchilar o’zlarini himoyalangan his qilishlarini istaymiz”, — deydi Yandex Go’ning O’zbekistondagi matbuot xizmati.
Dasturni qo’llab-quvvatlash bo’yicha barcha xarajatlar xizmat tomonidan qoplanadi.
Sug’urta avtomatik ravishda Yandex Go’ ilovasi orqali buyurtma qilingan barcha safarlar uchun qo’llaniladi.
Yo’l transport hodisasi sodir bo’lgan taqdirda, yo’lovchilar va haydovchilar ilova orqali Yandex Go’ qo’llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishlari kerak.
Ular safarni sug’urtalagan kompaniya telefon raqamlari va nima qilish kerakligi haqida batafsil ko‘rsatmalar olishadi.
Safar sug’urtasi xizmat yo’lga quyilgan Toshkent, Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlarida amal qiladi.
O’tgan yilning noyabr oyida Yandex Go’ kompaniyasi haydash manyovrini nazorat qilish tizimini ishga tushirgandi.
U orqali keskin haydash va to’xtash, chiziqni o‘zgartirish va boshqa agressiv harakatlarni aniqlash mumkin.