Bloomberg: Dubayda “P7” avtomobil raqami 15 mln dollarga sotildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Ramazondagi xayriya uchun avtomobil raqamini 15 mln dollarga sotib olgan xaridor ismini ochiqlashni xohlamadi
Dubaydagi avtomobil raqamlari auksioni katta shov-shuvlarga sababchi bo’ldi . Unda Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov ham ishtirok etdi.
Jumeyra orolidagi “Four seasons” oromgohining badavlat mehmonlari o’rtasida kechgan keskin kurashdan so’ng, “P7” raqami 55 mln dirham (15 mln dollar) ga sotildi.
“P 7” raqamining boshlang‘ich bahosi 4 mln dollardan boshlandi va darhol 8 mln dollarga ko’tarildi. Telegram asoschisi Pavel Durov taklifni 9,5 million dollargacha oshirdi. Yakunda “P 7” raqami 15 million dollarga sotildi.
Auksiondan tushgan jami mablag’ global ochlikka qarshi kurashga qaratilgan “Bir milliard ovqat” xayriya kampaniyasi uchun ishlatiladi.
Ramazondagi xayriya auksionida ishtirok etgan badavlat xaridor ismini ochiqlashni istamagan. Shuningdek, avtomobil raqami uchun taklif qilingan pul miqdori yangi jahon rekordini o’rnatgani aytilmoqda.