“Alibaba” o’z biznesida ChatGPT’ raqobatdoshini joriy qiladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
“Alibaba” o’zining sun’iy intellektga asoslangan chatbotini ishga tushiradi
Xitoyning chakana savdo giganti “Alibaba” xitoy va ingliz tillarida gapiradigan “Tongyi Qianwen” nomli chatbotni ishga tushiradi. Bu haqda CNBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, texnologiya giganti “yaqin kelajakda” barcha “Alibaba” mahsulotlariga sun’iy intellektga asoslangan chatbotni joriy qiladi.
“Yangi sun’iy intellekt modeli yaqin kelajakda foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun “Alibaba”ning turli bizneslariga integratsiya qilinadi. Kompaniya mijozlari va ishlab chiquvchilari tejamkor yo’l bilan moslashtirilgan sun’iy intellekt xususiyatlarini yaratish uchun modeldan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, – deyiladi xabarda.
Alibaba’ning ma’lum qilishicha, tez orada chatbotga tasvirni aniqlash kabi boshqa funksiyalar ham qo’shiladi.
Mazkur xabar tarqalgandan so’ng, NYSE savdo platformasdagi “Alibaba” aksiyalarining qiymati 0,03 foizga tushib, 101,51 dollarni tashkil etdi. Gonkong fond birjasida chakana savdo qog’ozlarining narxi 1,07 foizga oshib, 98,8 Gonkong dollarini tashkil qildi.