Poytaxtdagi ma’muriy bino va inshootlar kimoshdi savdosiga qo’yildi

Toshkent shahridagi ma’muriy bino 27 mlrd so’mga auksionga qo’yildi

Toshkent shahar Chilonzor tumani Novza ko’chasidagi ma’muriy bino va inshootlar kimoshdi savdosiga qo’yildi. Ma’lumotlar “E-auksion” portalida e’lon qilingan.

Lot auksionga Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan qo’yilgan.

Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,2664 gektar. Binoning maydoni — 3449,9 kvadrat metr. Binoda suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud, gaz esa yo’q.

Bundan tashqari binoda 1 687 kvadrat metr qurilish osti maydoni va 24,9 kvadrat metr hujjatsiz qurilmalar mavjud.

Auksionga qo’yilgan binolarning boshlang’ich bahosi — 27 mlrd so’m. Arizalar 18-aprel 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

Avvalroq Toshkent markazidagi “Aloqabank” va vazirlik binolari bir kompaniyaga 387 mlrd so’mga sotilgani haqida xabar bergan edik.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *