Alisher Usmonovning USM xoldingi Buyuk Britaniya sanksiyalari ostida qoldi

Buyuk Britaniya Alisher Usmonovning USM kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

Alisher Usmonov asos solgan “USM Holding” Britaniya sanksiyalari ostida qoldi. Bu haqda Britaniya Tashqi ishlar vazirligi saytida ma’lum qilindi.

Usmonovning kompaniyasi 11-aprel kuni rasmiy sanksiyalar ro’yxatiga kiritilgan. Ushbu qaror orqali xoldingning Britaniyadagi aktivlari muzlatildi hamda mahalliy yuridik shaxslar tomonidan unga xizmat ko’rsatishga taqiq qo’yildi.

Sanksiyalar asoslanishida USM to’g’ridan to’g’ri yoki bilvosita “Rossiya hukumati ko’magidan manfaatdor bo’lgan shaxs, ya’ni Alisher Usmonovga tegishli” ekanligi aytilgan.

Shuningdek, ushbu xolding “Rossiya Federatsiyasi hukumati uchun strategik ahamiyatga ega” sohalarda – tog’-kon sanoati, telekommunikatsiya va IT-texnologiyalari sohasida faoliyat yuritishi qayd etilgan.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya hukumati Usmonovga aloqador deb hisoblagan yana ikki kompaniyaga ham sanksiyalar kiritgan — “Curzon Square Limited” va “Hanley Limited”.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan