O’zbekistonda mayda pullar kamayib bormoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
O’zbekistonda muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 2,2 trln so’mga kamaydi
Markaziy bank O’zbekistonda 2023-yil yanvar–mart oylarida muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 2,2 trillion so’mga kamaygani haqida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023-yilning 3 oyi davomida 1000 so’mlik (1-yanvar holati bo’yicha umumiy naqd pullarga nisbatan 0,9 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1-aprel holatiga ko’ra 0,4 foiz bo’lgan) , 5000 so’mlik (1 yanvar — 6,5 foiz, 1 aprel — 5,9 foiz), 10 000 so’mlik pullar (1 yanvar — 9,4 foiz, 1 aprel — 8,1 foiz) ulushi kamaygan.
Yirik pullar ulushi esa ortib bormoqda: 100 000 so’mlik 41,6 foizdan 42,5 foizga, 200 000 so’mlik 11,5 foizdan 13,5 foizga, 20 000 soʻmlik 2,4 foizdan 2,8 foizga.
Katta pullardan faqat 50 000 so’mlik ulushi yil boshidan beri kamaygan — 1,5 foizga.
Muomaladagi naqd pullar tarkibida asosan yirik nominaldagi banknotlar salmog’ining oshishi hisobiga banknotlar umumiy soni kamaygan.