“Apple” Rossiyadan qimmatbaho va noyob metallarni sotib olishdan rasman voz kechdi

“Apple” va “Samsung” sanksiyalarga qaramay Rossiya bilan savdo qilishga majburmi?

“Apple” kompaniyasi Rossiyadan volfram, tantal va oltin sotib olishdan rasman voz kechdi.

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi mamlakatga elektronika yetkazib berishni cheklaganiga qaramay, Rossiya metallarini xarid qilishda davom etmoqda.

Texnologiya gigantlari zavodlariga yaqin manbalarning aniqlik kiritishicha, har qanday holatda ham “Apple” va “Samsung” kompaniyalariga metallar to’g’ridan-to’g’ri yetkazib berilmaydi.

Ushbu vaziyatda Qozog’iston muhim rasmiy eksport yo’nalishiga aylanadi.

Reeksport Hindiston va Xitoy orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, yirik elektronika ishlab chiqaruvchilari Rossiyaga nisbatan har qanday cheklovlar joriy qilishiga qaramay, dunyoda narx bo’yicha alternativi yo’qligi sababli ruslarning noyob va qimmatbaho metallaridan butunlay voz kecha olmayapti. Chunki, xalqaro bozorda manfaat har qanday kelishuvlarning asosiy omili hisoblanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *