Ilon Mask Twitter’da monetizatsiyani ishga tushirdi

“Twitter” bosh direktori Ilon Mask kontentlar monetizatsiyasi boshlanganini e’lon qildi

“Twitter” bosh direktori Ilon Mask o’z sahifasida foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontentni monetizatsiya qilish boshlanganini e’lon qildi.

Fevral oyida u “Twitter”ning reklamadan tushgan daromadini kontent yaratuvchilari bilan bo’lishishga va’da bergandi.

Qayd etilishicha, 12 oy ichida foydalanuvchilar obunachilardan to’lov tizimlari komissiyasini olib tashlagan holda pul mablag’larini oladilar.

Maskning so’zlariga ko’ra, sozlamalardagi “Monetizatsiya” tugmasini bosish orqali foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqdagi istalgan materialiga obuna bo’lishni taklif qilishi mumkin.

“Biz ham sizning ishingizni targ’ib qilishda yordam beramiz. Maqsadimiz mualliflarning mehnatlari evaziga daromad orttirishlariga hissa qo’shishdir”, — deya yozgan Mask.

Monetizatsiyada iOS va Android platformalari tomonidan 30 foiz komissiya undiriladi. Birinchi yildan keyin bu komissiya 15 foizgacha tushadi. Keyinchalik “Twitter” ham o’z komissiyasini qo’shadi.

Eslatib o’tamiz, “Twitter” kontentini monetizatsiya qilish 2022-yil noyabr oyi boshida, Mask boshqaruvni qo’lga kiritgandan so’ng e’lon qilingandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *