Rossiyaning “Sportmaster” do’konlari tarmog’i bilan kelishuv imzolandi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Toshkentda “Sportmaster” do’konlari xalqaro tarmog’i faoliyatini boshlaydi
Tashkent City Mall’da “Sportmaster” sport do’konlari xalqaro tarmog’i bilan hamkorlik to’g’risida kelishuv imzolandi.
Bayonotda keltirilishicha, Rossiya chakana sotuvchisi assortimentida fitnes, yozgi va qishki sport turlari uchun sifatli inventlar, shuningdek, kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar mavjud.
Avvalroq tarmoq O’zbekistonda xodimlarni ishga qabul qilishni boshlagan edi. Riteyler marketing va reklama bo’yicha mutaxassislar, buxgalter, advokat va boshqa xodimlar uchun vakant e’lon qilgan.
2020-yildayoq kompaniya O’zbekiston bozoriga kirishga harakat qilgan edi. Biroq pandemiya avjiga chiqqach tarmoq do’konlarini ochmagan.
Eslatib o’tamiz, “Sportmaster” riteyleri Rossiya, Belarus, Qozog’iston, Xitoy, Polsha, Ukraina va Armanistonda do’konlarga ega bo’lib, bosh ofisi Moskvada joylashgan.