O’zbekiston bozorlarida pomidor narxi tushyapti

O’zbekistonda qizil va pushti pomidorlar narxi arzonlashdi

“East Fruit” tahlilchilarining yozishicha, 2023-yilning 7-aprelidan 14-apreliga qadar qizil dumaloq pomidorning o’rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 33 ming so’mdan 22 ming so’mgacha pasaygan. Ushbu mahsulot narxi ketma-ket ikkinchi marta tushayotganligini inobatga olsak, joriy yilning 31-martidan ayni paytgacha qizil dumaloq pomidorning ulgurji narxi o’rtacha 36 ming so’mdan 22 ming so’mgacha, ya’ni, 39 foizga tushgan.

Ayrim hududlarda 1 kg pomidorni ulgurji narxda 20 ming so’m evaziga ham xarid qilsa bo’ladi. Albatta, buning uchun “yaxshigina” savdolashish kerak. Ayni paytda, mahalliy bozorlarda pomidorning 25 ming so’mlik variantlarini topish ancha osonroq.

2023-yilning 14-aprel sanasidagi pomidorning o’rtacha ulgurji narxi o’tgan yilning mos davriga taqqoslaganda 16 foizga yuqoriligicha qolmoqda. Pushti pomidorning o’rtacha ulgurji narxi esa qariyb 1,5 baravar yuqori. Pushti pomidorning o’rtacha narxi esa joriy yilning 7-aprelidan 14-aprelgacha 38 ming so’mdan 26 ming so’mga, ya’ni, 31,5 foizga pasaygan.

O’zbekiston meva-sabzavotlarining yirik eksportchisi bo’lgan “GDF Export” kompaniyasining tijorat direktori Husan Haydarovning so’zlariga ko’ra, so’nggi haftada pomidor narxlarining tushishiga ichki bozorga mahsulot yetkazib berish hajmining sezilarli darajada o’sayotgani ta’sir ko’rsatmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *