Mashhur “Angry Birds” mobil o’yinlari ishlab chiqaruvchisi 1 mlrd dollarga sotilyapti

Sega’ o’yin giganti “Angry Birds” seriyali o’yinlari ishlab chiqaruvchisi Rovio Entertainment’ni sotib olmoqda

Yaponiyaning Sega’ korporatsiyasi “Angry Birds” geym meykeri “Rovio Entertainment” kompaniyasini taxminan 1 mlrd dollarga sotib olish bo’yicha kelishuvga erishdi, deb yozmoqda “The Wall Street Journal” nashri.

Nashr insayderlari Yaponiyaning Sega’ korporatsiyasi kelasi hafta boshigacha Finlandiyaning “Rovio Entertainment” kompaniyasini to’liq sotib olishini ta’kidlashmoqda.

Yangiliklar fonida Finlandiya ishlab chiqaruvchisining aksiyalari qiymati 1,11 foizga oshib, 7,78 yevroga yetdi. Kompaniyaning moliyaviy qiymati 645 mln yevroni tashkil etmoqda.

Rovio Entertainment’ – 2003-yildan beri global bozorda mavjud Finlandiya o’yin ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. U “Angry Birds” seriyasi bilan mashhur bo’lgan.

Yaponiya video o’yinlari ishlab chiqaruvchisi Sega’ esa ushbu bozordagi eng yirik korporatsiyalardan biri hisoblanadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan