O’zbekistonda ishbilarmonlik muhiti holatiga salbiy baho berish qariyb 4 foizga kamaydi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
O’zbekistondagi kompaniyalarning uchdan ikki qismi keyingi uch oyda xodimlarini ko’paytirmoqchi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ishbilarmonlik muhiti haqidagi ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan qariyb 42 foiz respondent o’z biznesining hozirgi holatini “yaxshi” deb baholagan. Biznes holatining yomonlashgani haqida xabar bergan korxonalar soni esa 14 foizdan 10 foizgacha kamaydi.
Mart oyidagi talabning holati, umuman olganda, kompaniyalar tomonidan fevral oyiga qaraganda yaxshiroq tavsiflangan. Agar fevral oyida korxonalarning 40 foizi talabning oshishini kutgan bo‘lsa, mart oyida esa bu ko‘rsatkich 45 foizga yetgan.
Keyingi 3 oyda biznesning umumiy ahvoli yaxshilanishini kutayotgan tadbirkorlar ulushi 81 foizni tashkil etdi, ularning 73 foizi tovar va xizmatlarga talabning yana-da oshishini kutmoqda, 66 foizi esa xodimlar sonini oshirishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari biznes vakillarinng 26 foizi yaqin 3 oy ichida o’z tovar va xizmatlari narxi oshishini kutmoqda.
Ma’lumot o’rnida, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi har oyda mamlakat bo’ylab iqtisodiyotning turli tarmoqlari vakillari bo’lgan 1000 nafar tadbirkor o‘rtasida so’rov o’tkazadi.
2023-yil yanvar oyidan boshlab O’zbekistonning ishbilarmonlik muhiti indeksi vaqti-vaqti bilan “Trading Economics” xalqaro iqtisodiy portalida e’lon qilinadi.