O’zbekiston Rossiyaga yuk tashish hajmini qariyb 60 foizga oshirdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
Rossiyadan O’zbekistonga yuk tashish bo’yicha murojaatlar soni 68 foizga ko’paygan
2023-yilning birinchi choragida O’zbekistondan Rossiyaga yuk tashish hajmi 59 foizga oshdi, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri o’z manbalariga tayanib.
Shuningdek, Qozog’iston (uch barobar o’sish) va Qirg’izistondan (ikki barobar) Rossiyaga yuk tashish hajmi yanada oshdi.
Bozor ishtirokchilarining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan avtomobil transporti oqimlarining yo’qolishi qisman yoki to’liq yo’nalishga qarab, MDH davlatlari va “do’st davlatlar” hisobiga qoplangan.
Hisob-kitoblarga ko’ra, birinchi chorakda Rossiya bo’ylab yuk tashish o’tgan yilning shu davriga nisbatan 35 foizga o’sgan.
Shu bilan birga, boshqa mamlakatlardan tovarlarni yetkazib berishga bo’lgan talab ham 40 foizga o’sdi.
Savdo maydonchasi ma’lumotlariga ko’ra, belgilangan muddatda Rossiyadan O’zbekistonga yuk tashish bo’yicha murojaatlar soni 68 foizga oshgan.
“Statistik ma’lumotlarimizga ko’ra, Turkiyadan kelayotgan oqim qariyb yetti barobar, Qirg’iziston va O’zbekiston bilan tovar ayirboshlash ikki baravar ko’paygan”, — deydi “Pony Express” kompaniyasi rahbari Marya Dey.
“Trasko” kompaniyasining avtomobil tashuvlari bo’yicha bosh direktori o’rinbosari Aleksandr Shilinchuk ta’kidlaganidek, yanvar-mart oylarida O’zbekistondan Rossiyaga 50 foizga, Qozog’istondan esa rekord darajada – 1200 foizga ko’p tovar import qilingan.