“Forbes” jurnali milliarder xonimlar reytingini e’lon qildi

“Forbes” nashrining dunyodagi eng boy ayollar ro’yxatida yangilanishlar bor

AQShning “Forbes” jurnali dunyoning eng milliarder ayollari ro’yxatini e’lon qildi.

Bu safar ham ro’yxatdagi yuqori pog’onalarni milliarderlarning sobiq xotinlari va merosxo’rlari band etgan.

Ketma-ket uchinchi yil “L’Oréal” kosmetika imperiyasi asoschisining nabirasi Fransuaza Bettenkur-Meyers 80,5 mlrd dollarlik boyligi bilan yetakchilik qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinni esa 59 mlrd dollar bilan tadbirkor Devid Koxning bevasi Yuliya Kox va uning farzandlari egallagan. O’tgan yili ular reytingning uchinchi pog’onasidan joy olgan edi.

Kuchli uchlikni “Walmart” brendi asoschisi Elis Uoltonning qizi yakunlaydi. “Forbes” uning boyligini 56,7 mlrd dollarga baholamoqda. Milliarder xonim o’tgan yili ikkinchi o’rinda edi.

Yangilangan ro’yxatdan “Mars” shokoladlari asoschisi Jaklin Mars (38.3 mlrd dollar)ga to’rtinchi, qimor o’yinlari magnati Sheldon Adelsonning bevasi Miriam Adelson (35 mlrd dollar)ga beshinchi o’rin nasib qildi.

One Reply to ““Forbes” jurnali milliarder xonimlar reytingini e’lon qildi”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *