Tovar-xom ashyo birjasida oltin savdosi uch barobarga oshdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
Tovar-xom ashyo birjasi orqali 164 kg dan ko’proq oltin sotildi
2023-yilning birinchi choragida O’zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (O’zRTXB) orqali 164,2 kg sof oltin sotildi. Savdo maydonchasi brokeri Islombek Ibragimovning aytishicha, savdo hajmi o’tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 barobarga oshgan.
“Biz zargarlarni bozorda qanday imtiyozlar borligi va birjada qanday ishlash kerakligi haqida doimiy ravishda xabardor qilib boramiz. Mavjud raqamlar birja orqali oltin savdosi hajmi o’tgan yilgiga nisbatan 3,2 barobarga ortganini ko’rsatmoqda. Joriy yilning birinchi choragida 130 kg kumush sotildi. Holbuki, o’tgan yilda kumush savdosi nolga teng edi”, – deydi Savdo maydonchasi bosh brokeri.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga savdolarda qatnashish huquqi berilganidan so’ng, sohada faoliyat yuritayotgan qariyb 1,5 ming nafar ishtirokchi akkreditatsiyadan o’tkazilgan.
“Zargarlik zavodlariga qaraganda bu unchalik katta ko’rsatkich emas. Shunga qaramay, yangi ishtirokchilar ham birja mahsulotlarini xarid qilishda faollik ko’rsatmoqda”, – deyiladi mutaxassis izohida.
Eslatib o’tamiz, 2019-yildan buyon O’zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida oltin savdosi o’tkaziladi.