O’zbekistonda Ramazon hayiti sanasi hamda dam olish kunlari ma’lum qilindi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Rasman: O’zbekistonda Ramazon hayiti 21-aprel kuni nishonlanadi
O’zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi Islom dini va astranomik ma’lumotlarga asoslangan holda 2023-yilda Ramazon hayiti 21-aprel, juma kuniga to’g’ri kelishi haqida qaror qabul qildi.
Ramazon Hayiti munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
• 21-aprel, juma — Hayit bayrami;
• 22-aprel, shanba — 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo’shimcha dam olish kuni;
• 23-aprel, yakshanba — odatdagi dam olish kuni;
• 24-aprel, dushanba — ish haftasining turidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun qo’shimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.
Shuningdek, Musulmonlar idorasi Toshkent shahri va viloyatlarda hayit namozi o’qiladigan vaqtlarni ma’lum qildi:
1. Andijon viloyati: 05:50
2. Buxoro viloyati: 06:20
3. Jizzax viloyati: 06:10
4. Navoiy viloyati: 06:20
5. Namangan viloyati: 05:50
6. Samarqand viloyati: 06:20
7. Sirdaryo viloyati: 06:00
8. Surxondaryo viloyati: 06:15
9. Toshkent viloyati: 06:00
10. Toshkent shahri: 06:00
11. Farg‘ona viloyati: 05:50
12. Xorazm viloyati: 06:30
13. Qashqadaryo viloyati: 06:20
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 06:40