Visa’ eng yaxshi fintex startaplari tanlovini e’lon qildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
O’zbekistonliklar eng yaxshi fintex startaplari tanloviga 14-mayga qadar ariza topshirishlari mumkin
“Visa Everywhere Initiative 2023” global fintex startaplari tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi. Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar 14-mayga qadar ariza bilan murojaat etishlari mumkin, deyiladi Visa’ning Markaziy Osiyodagi matbuot xizmati xabarida.
Musobaqa ikki bosqichdan iborat. Joriy yilning 27-iyul sanasigacha ma’lum qilinadigan hududiy bosqich g’olibi “Visa Everywhere” tanlovining final bosqichida ishtirok etishi mumkin.
Visa’ kriptovalyutalar, pul o’tkazmalari, shaxsiy moliyaviy boshqaruv, raqamli hamyonlar, sug’urta, sodiqlik dasturlari hamda chakana savdo bilan bog’liq yangi loyihalarni qidirmoqda.
2023-yilgi tanlov yo’nalishlari qatoriga ekologiya va barqaror rivojlanish, xavflarni boshqarish, shahar mobilligiga oid yangi fintex nominatsiyalari qo’shildi.
Hududiy bosqich g’oliblari nominatsiyasiga qarab 25 ming dollardan 10 ming AQSh dollarigacha mukofot oladilar. Final bosqichida eng yaxshi deb topilgan startap ijodkori esa 50 ming dollarlik pul mukofoti sohibiga aylanadi.
Tanlov g’oliblari naqd pul mukofotlaridan tashqari bank, savdo, venchur va davlat sektorlaridagi Visa’ hamkorlari tarmog’idan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
Ma’lumot o’rnida, “Visa Everywhere Initiative” global moliyaviy dasturi 2015-yildan ish boshlagan. O’tgan vaqt mobaynida 100 dan ortiq mamlakatlardagi kompaniyalar yangi innovatsion loyihalari uchun 16 milliard dollardan ortiq pul mukofotlariga ega bo’lishdi.
Eslatib o’tamiz, O’zbekistonning “MayaSoft” startap kompaniyasi tanlovning hududiy bosqichida g’olib bo’lgan edi.