Xitoy Rossiyani ortda qoldirib, O’zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkoriga aylandi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Mart oyida sotilgan oltin miqdori O’zbekiston umumiy eksportining yarmini tashkil qilgan
Xitoy Rossiyani ortda qoldirib, O’zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkoriga aylandi.
Statistika ma’lumotlariga ko’ra, joriy yilning mart oyiga qadar bir necha oy davomida mamlakatimizning yetakchi tashqi savdo hamkori Rossiya bo’lib turgan edi.
2023-yilning birinchi choragida mamlakat tashqi savdosi 14,8 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 12 foizga ko’proq.
Shunga qaramay, tashqi savdoning ko‘payishi import hajmining oshishi bilan bog’liq. O‘zbekiston uch oyda 9,1 mlrd dollar qiymatidagi importni amalga oshirdi (+23,4 foiz).
Eksport esa birinchi chorakda 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,6 foizga pasayib 5,7 mlrd so’mni tashkil qilmoqda (42,4 foizi oltin).
O’zbekiston yuqori narxlar tufayli mart oyida katta miqdorda oltin sotdi. Mart oyining o’zida 1 mlrd 222 mln dollarlik oltin eksport qilingan. Bu esa mart oyidagi umumiy eksportning 49 foizi hisoblanadi.
Yanvar oyida oltin narxlari bir troya unsiyasi uchun 2 ming dollardan oshib tarixiy eng yuqori ko’rsatkichiga yaqinlashdi. Narxlar qulayligida O’zbekiston faol oltin sotgan.
Agar o’tgan oy O’zbekiston oltinni hozirgi global narxlarda eksport qilgan bo’lsa, 19 tonnadan oshiq qimmatbaho metall sotilgan bo’ladi.
2023-yilning birinchi choragida manfiy tashqi savdo balansi ham ikki barobardan oshib 3,4 mlrd dollarga yetgan.
Tashqi savdoda 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan faqat uchta davlat bilan ijobiy balans holati kuzatilgan.