“Google” asoschilaridan biri Sergey Brin “Tesla” dagi aksiyalarini sotib yubordi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Sergey Brin “Tesla”dagi aksiyalari savdosidan tushgan 366 million dollar qiymatidagi pullarini xayriya qildi
“Google” asoschilaridan biri Sergey Brin rafiqasining Ilon Mask bilan ishqiy munosabatlari haqidagi shov-shuvli xabarlardan so’ng, o’zining “Tesla”dagi aksiyalarini 366 million dollarga sotib yubordi. Internet giganti asoschisi savdodan tushgan pullarni “Catalyst4” notijorat xayriya tashkiloti hisobiga o’tkazgan.
“Bloomberg” nashrining yozishicha, ushbu mojaro tufayli “Tesla” rahbari Ilon Mask va Sergey Brinning do’stona aloqalari uzilgan.
“Catalyst4” tashkiloti xayriya uchun fuqarolar va biznesmenlarga turli imtiyozlar, shu jumladan, soliq imtiyozlarini ham taklif qiladi. Notijorat xayriya tashkiloti sog’liqni saqlash va iqlim o’zgarishi bo’yicha loyihalarga ko’proq pul ajratadi.
Ma’lumot o’rnida, Sergey Brin Moskvada tug’ilgan va bolaligidayoq uning oilasi AQShga ko’chib o’tgan. 1990-yillarda u Larri Peyj bilan birgalikda “Google” kompaniyasiga asos solgan. 2023-yil holatiga ko’ra, Brinning boyligi 76 milliard dollarga baholangan.