“Маgnit” O’zbekistondagi “MCosmetic” do’konlari sonini to’rt barobarga oshiradi

Rossiyaning “Мagnit” riteyleri O’zbekistondagi do’konlari sonini 80 taga yetkazmoqchi

2023-yil oxirigacha Rossiyaning “Маgnit” kompaniyasi O’zbekistondagi “MCosmetic” kosmetika va maishiy kimyo do’konlari sonini 80 taga yetkazmoqchi.

Shu bilan birga, yaqin kunlarda “MCosmetic” do’konlari Farg’ona, Samarqand, Namangan va Marg’ilon shahrlarida ham ochilishi mo’ljallangan.

Birinchi “Маgnit” do’koni 2022-yilning aprel oyida ish boshlagan bo’lib, ayni paytda mamlakatimizda 20 ta “MCosmetic” do’konlari faoliyat yuritmoqda.

“Magnit Central Asia” bosh ijrochi direktori Dmitriy Kosachenkoning aytishicha, kompaniyani rivojlantirish uchun O’zbekiston bozorida katta imkoniyatlar mavjud.

“”Magnit” do’konlari Toshkent shahrida samarali biznes boshladi hamda tarmoq yil davomida operatsion jarayonlarni yaxshilashga va mahalliy yetkazib beruvchilar sonini oshirishga muvaffaq bo’ldi”, – deydi u.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *