O’zbekiston 20 mln dollarga gaz sotib, 151 mln dollarlik gaz xarid qilgan

O’zbekistonda gaz qazib olish hajmi yuqori sur’atlarda pasayib borishi fonida o’tgan oyda gaz importi keskin oshgan. Agar yanvar va fevral oylarida 1,7 mln dollar qiymatidagi gaz import qilingan bo’lsa, birgina mart oyining o’zida 151,2 mln dollarga gaz sotib olingan.

Gaz qaysi mamlakatlardan va qanday narxlarda sotib olingani to’g’risidagi ma’lumotlar esa ochiqlanmagan.

Mart oyida O’zbekiston neft, gaz, ko’mir, elektr energiyasi importiga jami bo’lib 306 mln dollar sarflagan.

Aytish kerakki, bir oz tanaffusdan so’ng gaz eksporti ham yana orta boshladi. Statistika ma’lumotlariga ko’ra, mart oyida jami 20 mln dollarlik gaz eksport qilingan.

O’tgan oyda 1,2 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotilganiga qaramay, eksport miqdori import hajmidan ortda qolib, birinchi chorakda salbiy saldo 3,4 mlrd dollardan ko’proqni tashkil etmoqda.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, O’zbekiston uchun xos bo’lmagan elektr aloqasi, sanoat uchun maxsus bo’lmagan, kanselyariya va generator mashina uskunalari eksporti yuqori sur’atda ortishi kuzatilyapti. Mazkur tovarlar bo’yicha eksport va import tarkibiy geografiyasi ochiqlanmagan.

Shuningdek, mashina va asbob-uskunalar importi hajmi yuqoriligicha qolmoqda. Faqat bu safar samolyotlar emas, mamalakatimizga olib kirilgan “inomarkalar” qiymati e’tiborga molik. Mart oyida qariyb 425 mln dollarlik avtomobil importi amalga oshirilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *