O’zbekiston 80 foiz suvni xorijdan “import” qiladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
2030-yilgi suv taqchilligiga qarshi kurashish uchun O’zbekistonga 19 mlrd dollar kerak
O’zbekiston suv resurslarining 80 foizini boshqa davlatlardan oladi, bor-yo’g’i 20 foizi oʻzimizda hosil bo’ladi. Bu haqda Toshkent xalqaro investitsiya forumida suv xo’jaligi vaziri o’rinbosari Azimjon Nazarov ma’lum qildi.
Nazarovning qo‘shimcha qilishicha, bundan 30-40 yil avval yaratilgan infratuzilma jiddiy modernizatsiyani talab qiladi. Hisob-kitoblarga ko’ra, 2030-yilga borib O’zbekistonda 7 mlrd kub metr suv taqchilligi yuz beradi.
“Boston Consulting Group” boshqaruvchi direktori va hamkori Igor Alekseyev ushbu prognozni qo’llab-quvvatlaydi.
“Agar O’zbekistonda suvni tejash bo’yicha barcha tashabbuslarni to’plasak, taxminan 19 milliard dollar sarmoya talab etiladi. Shundan 4 mlrd dollar nasos stansiyalari va 6 mlrd dollarga yaqini xo’jalik subyektlariga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish maqsadidagi subsidiyalar uchun ishlatiladi”, – deydi u.