O’zbekistonlik mutaxassis Rossiya Iqtisodiyot vaziri ma’lumoti yolg’onligini fosh etdi

Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Toshkent xalqaro investitsiya forumida qanday “statistik” yolg’on ishlatdi?

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov so’nggi yetti yilda mamlakatdagi o’zbekistonlik migrantlar soni 4 barobarga oshganini ma’lum qildi.

“So’nggi yetti yil ichida Rossiyaga ishlash uchun ketgan o’zbekistonliklar soni to’rt barobarga oshdi”, – dedi u Toshkent xalqaro investitsiya forumida.

“Agar Reshetnikovga ishonilsa, O’zbekistonda odam qolmagan, hamma Rossiyaga mardikorchilikka ketgan. Avval ham ko’p bora ta’kidlaganimizdek, bugungi Rossiyaning imperiyacha va shovinistik mafkurasi hatto fuqarolarning mamlakatlar o’rtasida harakatlanishida ham o’zining kasal xohishlarini ifoda etadi”, – deyiladi iqtisodchi Otabek Bakirovning bu haqdagi munosabatida.

O’zi ahvol qanaqa?

2023-yil 1-yanvar holatiga Rossiyada jami 1 mln 223,3 ming nafar o’zbekistonlik ishlamoqda. Rossiyada faoliyat yuritayotgan o’zbekistonliklarning soni 2022-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 12,8 ming nafarga kamaygan. Bu esa Rossiya Federatsiyasining rasmiy statistikasi.

“Eng yomoni Reshetnikovga o’xshaganlarning bayonotlari tekshirilmay o’zbek OAV lari tomonidan tarqatilmoqda”, – deyiladi Bakirovning postida.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan