O’zbekistonda referendum o’tgan deb topildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
O’zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri bo’yicha referendum o’tgan deb topildi
O’zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri bo’yicha referendum o’tgan deb topildi, deya ma’lum qildi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi o’rinbosari Bahrom Qo’chqorov.
Soat 13:00 holatiga 12 mln 83 ming 105 kishi yoki ro’yxatga olingan jami ovoz beruvchi fuqarolarning 62,24 foizi ovoz berib bo’lgan. Ma’lumot uchun, soat 10:00 holatiga ushbu ko’rsatkich 35,13 foiz edi.
“Fuqarolarimiz referendumda faollik bilan qatnashayotganliklariga guvohi bo’lib turibmiz”, — deya qayd etdi MSK rahbariyati vakili.
“O’zbekiston Respublikasining referendumi to’g’risida”gi qonunning 38-moddasida belgilangan qoidaga muvofiq, ro’yxatga kiritilgan fuqarolarning yarmidan ko’pi referendumda ishtirok etgan bo’lsa, referendum o’tgan deb topiladi.
“Ushbu raqamlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy referendumni o’tgan deb topishga asos bo’la oladi”, — dedi MSK raisi o’rinbosari Bahrom Qo’chqorov.
Saylovchilar yagona elektron ro’yxatiga jami 19 722 809 nafar ovoz beruvchi fuqaro kiritilgan. Xususan, xorijiy davlatlarda 307 895 nafar fuqaro kiritilgan.
MSK rahbari o’rinbosari fuqarolar MSKning 1200 qisqa raqami orqali murojaat va shikoyatlar yo’llashi mumkinligini eslatib o’tdi (O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar bepul).