Aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ko’proq oshgan

O’zbekistonda aprel oyidagi inflyatsiya darajasi 0,8 foizga yetdi

O’zbekistonda aprel oyida inflyatsiya darajasi 0,8 foizni tashkil etdi. Yillik hisobda narxlar oshishi 11 foizgacha pasaygan.

Mart oyida iste’mol narxlarining yillik o’sish sur’ati 11,7 foizni (+1 foiz), fevralda esa 12,2 foizni (+0,5 foiz) tashkil qilgan edi.

Joriy yilning aprel oyida narxlar o’sishi bo’yicha yetakchi o’rinni oziq-ovqat mahsulotlari egalladi — 1,2 foiz (yillik 13,7 foiz). Nooziq-ovqat tovarlari narxi 0,5 foizga (9,3 foizga), xizmatlar 0,5 foizga (8,6 foiz) oshdi.

Aprel oyida bir qator sabzavotlar narxining pasayishi kuzatilgan bo’lsa, banan (+39,6 foiz) va pomidor (+21,3 foiz)ning narxi oshgan. Bozorlarga yangi piyoz chiqqan bo’lsada, ushbu mahsulotning narxi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 86,4 foizga yuqoriligacha qolmoqda.

O’tgan oyda bo’lgani kabi, avtomobillar uchun benzin va propan narxlarida ham pasayish kuzatildi. Benzin narxi 3,7 foizga, propan esa 12,9 foizga arzonlashdi.

Oxirgi marta yillik inflyatsiya 2022-yilning may oyida 11 foizga yetgan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan