Bugundan “Twitter” pul to’lashni boshladi

Rossiya “Twitter” monetizatsiyasi ishga tushirilgan mamlakatlar ro’yxatida yo’q

Ilon Mask “Twitter”da foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontentni monetizatsiya qilish boshlanganini e’lon qilgandi.

Endilikda, “Twitter” butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun kontentni monetizatsiya qilish funksiyasini ishga tushirdi.

Biroq Rossiya pullik obunalarni ishga tushirish mumkin bo’lgan mamlakatlar ro’yxatiga kiritilmagan.

Ilon Mask foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontentni monetizatsiya qilish bir yil davom etishini, keyin esa kompaniya komissiya olishni boshlashini ma’lum qildi.

Birinchi yildan keyin bu komissiya 15 foizgacha tushadi. Keyinchalik “Twitter” ham o’z komissiya haqini qo’shadi.

Pulli kontentga ega mualliflar uchun quyidagi mezonlar mavjud: ular 18 yoshdan oshgan, kamida 500 ta obunachiga ega bo’lgan, oxirgi 30 kun ichida kamida 25 ta tvit yozgan bo’lishlari kerak.

Monetizatsiya qilish huquqiga ega bo’lgan mualliflar asosiy menyuda tegishli bo’limga ega bo’ladilar.

“iPhone’dagi ilovada obunani faollashtirish uchun yana bir necha kun kerak bo’ladi. Chunki, dasturda ishtirok etish Apple’ tomonidan tasdiqlanishi kerak”, — deya qo’shimcha qildi Ilon Mask.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *