IBM minglab xodimlarini sun’iy intellekt bilan almashtirmoqchi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Amerikaning kompyuter uskunalari ishlab chiqaruvchi IBM kompaniyasi rahbari minglab ishchilarini sun’iy intellekt bilan almashtirishini aytdi
Amerikaning kompyuter uskunalari ishlab chiqaruvchi IBM kompaniyasi minglab ishchilarini sun’iy intellekt (AI) bilan almashtirmoqchi. Bu haqida Reuters axborot agentligi IBM bosh direktori Arvind Krishnaga tayanib xabar bermoqda.
Kompaniya rahbarining so’zlariga ko’ra, yaqin yillarda IBM 7,8 mingta ish o’rinni sun’iy intellektga topshirishni rejalashtirmoqda. Gap mijozlar bilan muloqot qilmaydigan xodimlar haqida bormoqda.
Ma’lumot o’rnida, International Business Machines (IBM) — shtab-kvartirasi Nyu-Yorkda joylashgan, IT va konsalting xizmatlarini qamrab olgan dunyodagi eng yirik dasturiy ta’minot hamda yuqori texnologiyali apparatlar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
2022-yil holatiga ko’ra, kompaniyada 288 mingga yaqin xodim ishlagan.