Uch oyda “UzAuto Motors” 260 mlrd so’mga yaqin foyda ko’rgan

UzAuto Motors’ning sof foydasi o’tgan yilga nisbatan qariyb 44 foizga kamaydi

Joriy yilning birinchi choragida “UzAuto Motors” kompaniyasining sof tushumi 8,8 trln so’mni tashkil etdi. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotida keltirilgan.

Yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxi 7,6 trln so’mni, yalpi foyda 1,2 trln so’mni hamda avtosanoat xarajatlari 948,9 mlrd so’mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, kompaniya 54,2 mlrd so’m daromad solig’i to’lagan. O’tgan yili foyda solig’ini to’lashga 115 mlrd so’m ajratilgan edi.

Uchinchi chorakda “UzAuto Motors”ning sof foydasi 258,8 mlrd so’mni tashkil etdi.

Biroq ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan (460,5 mlrd so’m) 43,8 foizga kamaygan.

One Reply to “Uch oyda “UzAuto Motors” 260 mlrd so’mga yaqin foyda ko’rgan”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *