“Forbes” nashri dunyodagi eng ko’p maosh oluvchi sportchilar reytingini e’lon qildi

Dunyodagi eng ko’p maosh oluvchi sportchi kimligini bilasizmi?

Yaqin Sharqda golf va futbolga sarmoya kiritilayotgan bir paytda, sport yulduzlari har qachongidan ham ko’proq daromad olmoqda: “Forbes” ning top-10 taligi bir yil ichida 1,1 milliard dollar ishlab topib, 2018-yilgi rekordini yangiladi. Jumladan, eng ko’p maosh oladigan sportchilar ro’yxatida kuchli uchligidan faqat futbolchilar joy olgan. 1-o’rindagi Ronalduning o’zi so’ngi 12 oyda 136 million dollar pul ishlab topgan.

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Forbes” talqini bo’yicha eng yuqori daromadli erkak sportchi deb topildi. O’tgan yilgi yetakchi Lionel Messi bu safar ikkinchi o’rinni egalladi. Dunyodagi eng ko’p maosh oladigan sportchilar uchligiga faqat futbolchilar kiradi.

Ronalduning so’ngi 12 oydagi umumiy daromadi 136 million dollarga baholangan. Ronaldu bu mablag’ning atigi uchdan bir qismini – 46 million dollarni futbol maydonida ishlab topgan. Portugaliyalik futbolchi 2022-yil noyabr oyida “Manchester Yunayted”ni tark etib, 2023-yil yanvarida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubiga o’tgan. Yana 90 million dollarni Ronaldu futboldan tashqarida, shu jumladan reklamalar orqali ishlab topgan.

Reytingning ikkinchi qatorida o’tgan yilgi yetakchi 35 yoshli argentinalik futbolchi Lionel Messi joy oldi. Uning yillik daromadi o’zgarmagan – 130 million dollar. U bu qiymatning yarmini “Adidas”, “Budweiser”, “PepsiCo” va boshqa brendlar bilan tuzilgan reklama shartnomalaridan olgan.

Kuchli uchlikni yana bir futbolchi Kilian Mbappe yakunlab berdi. 24 yoshli fransiyalik hujumchi o’tgan yili 120 million dollar ishlab topgan, shundan 100 million dollari futboldan kelgan.

Reytingdan, shuningdek, uch nafar basketbolchi “Los-Anjeles Leykers”dan Lebron Jeyms (119,5 million dollar), “Golden Steyt Uorriors”dan Stefen Karri (100,4 million dollar) va “Finiks Sans”dan Kevin Dyuran (89,1 million dollar) o’rin olgan.

Bundan tashqari, reytingning yuqori pog‘onalarida golfchilar Dastin Jonson (107 million dollar), Fil Mikkelson (106 million dollar), bokschi Kanelo Alvares (110 million dollar), tennischi Rojer Federerni (95,1 million dollar) ko’rish mumkin.

“Forbes” reytingni tuzishda 2022-yilning 1-mayidan 2023-yilning 1-mayigacha bo’lgan muddatda sportchilarning ish haqi, mukofot pullari va bonuslarini hisobga olgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *