O’zbekiston va Germaniya elektronika sohasida 113,3 mln yevrolik loyihalarni amalga oshiradi

O’zbekistondan Germaniyaga 35 mln yevrolik mahsulotlar eksport qilinadi

Berlinda o’tkazilgan O’zbekiston-Germaniya biznes-forumi doirasida “O’zeltexsanoat” uyushmasi mamlakat kompaniyalari bilan bir qancha kelishuvlarga erishdi.

Unga ko’ra, jami 9 ta kelishuv va hamkorlik shartnomalarining umumiy qiymati 113,3 mln yevroni tashkil qildi. Shundan 7 tasi investitsiyaviy, 2 tasi eksport xarakteriga ega.

Xususan, 35 mln yevrolik mahsulotlar Germaniyaga eksport qilinishi hamda 78,3 mln yevrolik investitsiya loyihalari hamkorlikda amalga oshirilishi belgilangan.

Kelishuv Germaniyaning “Siemens AG”, “Diehl Metering”, “TEC-Components”, “Gierus”, “Enertech”, “Viessmann Werke”, “Infineon Technologies”, “Niehoff”, “Leoni”, “Garden Dreams International”, “RBB aluminium Vertrip”, “Benkam Europe” kompaniyalari bilan hamkorlik qilishni nazarda tutadi.

Shuningdek, elektronika korxonalari bilan hamkorlik loyihalarining realizatsiyasi 2023−2026-yillarda amalga oshirilishi belgilangan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *