Endi O’zbekiston-Qirg’iziston chegarasidan ID-karta bilan o’tish mumkin

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
ID-kartadan yo’l hujjati sifatida foydalanish mumkin
Qirg’iziston Jogorku Keneshining deputatlari “Qirg’iziston hukumati va O’zbekiston hukumati o’rtasida fuqarolarning o’zaro sayohati to’g’risida 2006-yil 3-oktyabrdagi Bitimga o’zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasini uch o’qishda qabul qildi.
Kelishuv 2023-yil 27-yanvarda Bishkek shahrida imzolangan edi.
Qirg’iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Almaz Imangaziyevning ta’kidlashicha, tomonlarning yuqoridagi Bitimga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi bayonnomasi fuqarolarning ikki davlat hududiga kirishi, chiqishi, tranzit o’tishi, harakatlanishi va bo’lib turishi uchun hujjatlar ro’yxatini yangilashni nazarda tutadi. Uning so’zlariga ko’ra, o’zgartirishlar kiritish zarurati Bitim ishtirokchi davlatlari tomonidan biometrik pasportlarni joriy etish va ulardan foydalanish bilan bog’liq. Protokolning ratifikatsiya qilinishi ikki davlat fuqarolarining o’zaro sayohatlari uchun qulay sharoit yaratadi, chunki u davlatlarning hududiga kirish, chiqish, tranzit qilish, harakatlanish va bo’lish uchun ID-kartadan yo’l hujjati sifatida foydalanishni nazarda tutadi.
Ta’kidlash kerak, O’zbekiston fuqarolari Qirg’izistonda 60 kungacha vizasiz yura olishi mumkin.