Markaziy bank asosiy stavkani o’zgarishsiz qoldirdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o’zgarishsiz qoldirish to’g’risida qaror qabul qildi
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o’zgarishsiz qoldirdi.
“Bazaviy inflyatsiya darajasining umumiy inflyatsiyadan yuqoriligi iqtisodiyotda ma’lum bir inflyatsion xatarlarni saqlanib qolayotganligini ifodalaydi.
Ayni paytda, xizmat ko’rsatish sohasidagi narxlarda barqaror o’sish tendensiyalari kuzatilmoqda. Aksariyat mamlakatlarda bazaviy inflyatsiyaning yuqoriligicha qolayotganligi, qat’iy global moliyaviy sharoitlarning uzoqroq muddat saqlanib qolishi bo’yicha ehtimollarni kuchaytirmoqda.
Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan kreditlar hajmining keskin o’sishi qarz yukini oshirishi orqali moliyaviy va makroiqtisodiy barqarorlik bo’yicha xatarlarni yuzaga keltirishi mumkinligini inobatga olib, Markaziy bank tomonidan makroprudensial siyosat choralarini qo’llash orqali kreditlar o’sishini muvozanatlashtirish choralari ko’riladi”, deyiladi Markaziy bank matbuot xizmatining bu haqdagi xabarida.
Eslatib o’tamiz, joriy yilning mart oyida Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash to’g’risida qaror qabul qilgan edi. 2022-yil 21-iyulidan buyon 15 foizlik asosiy stavka amal qilib kelayotgandi.