Endilikda Humo va Uzcard terminallari ikkala kartalarni ham qabul qila oladi

“Humo va Uzcard to’lov tizimlari integratsiyasi 10 kun ichida respublika bo’ylab to’liq ishga tushiriladi” — Mamarizo Nurmurodov, MB raisi

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov so’zlariga ko’ra, to’lov tizimlari integratsiyasi ishlari yakunlanish arafasida, hozirda bir nechta banklarda bu tizim pilot loyiha tarzida amalga oshirilmoqda.

Uning qo’shimcha qilishicha, yaqin 10 kun ichida ikkala to’lov tizimining to’liq integratsiyalashuvi jarayoni respublika bo’yicha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

“Humo” hamda “Uzcard” kompaniyalarining integratsiyalashuvi 2020-yilda rejalashtirilgandi. 2021-yilga kelib tomonlar bu bo’yicha memorandumni imzoladilar.

2021-yilning dekabriga kelib, tomonlar integratsiyalashuvning birinchi bosqichini yakunladi hamda to’lov tizimi terminallari bir-birining kartalarini qabul qilishni boshlashi haqida ma’lum qilindi.

Bunda to’lov tizimlari terminallari ikkala turdagi kartalarni ham qabul qila boshlashi nazarda tutilgandi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *